03/08/2026

Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida viloyatda 730 ming 564,4 tonna don va dukkakli don yetishtirildi.

Yetishtirilgan jami don va dukkakli don umumiy hajmining eng yuqori ulushi Muzrabot (14,3 %) tumani hissasiga to‘g‘ri keldi.
Shu bilan birga, yuqori ulush Sherobod (13,8 %), Denov (11,7 %), Jarqo‘rg‘on (9,9 %), Qumqo‘rg‘on (9,3 %), Angor (8,6 %) va Sho‘rchi (7,2 %) tumanlarida qayd etildi.